Ikki xonali songa ko’paytirish

Mavzu:  Ikki xonali songa ko’paytirish.

Darsning maqsadi:

  1. ta’limiy maqsad:
  2. O’quvchilarga sonlarni 2 xonali songa ko’paytirish haqida tushuncha berish va o’rgatish.
  3. Ikki xonali sonlarga ko’paytirishga doir bilimlarini boyitib boorish.
  4. Tarbiyaviy maqsad:
  5. O’quvchilarni mantiqiy fikrlay oladigan zukko, bilimdon topqir insonlar qilib tarbiyalash.
  6. O’quvchilarni matematika faniga qiziqishini oshirib boorish.
  7. Rivojlantiruvchi maqsad:
  8. O’quvchilarga yangi mavzu mohiyatini yetkazib berish jarayonida faollik qobiliyatini rivojlantirib boorish.
  9. kasbga yo’llovchi maqsad:
  10. O’quvchilarni kelajakda bog’bon bo’lib, yurtimizning tabiatini yanada guzallashtirishga undash.

Dars tipi: Noan’anaviy.

Dars turi: Yangi bilim beruvchi dars.

Dars uslubi: Yozma, og’zaki, ko’rgazmali.

Dars usuli: Guruhlar bilan ishlash, bahs, munozara.

Fanlararo bog’liqlik: Adabiyot, tarix, mehnat, tabiat, ona tili,

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism. Psixologik iqlim yaratish (5 minut)
  2. O’tilgan mavzuni takrorlash, xulosalar va yangi mavzu bilan bog’lash (5 minut)
  1. Quvnoq daqiqa (2 minut)
  2. O’quvchilarni ballash va rahbatlantirish. (3 minut)
  3. Uyga topshiriq (2 minut)

Darsda tashkiliy qism o’tkazilgach o’qituvchi tamonidan barcha o’quvchilarga savollar bilan murojat qilinadi.

O’qituvchi: Yilimiz qanday nomlangan?

O’quvchilar: “Sog’lom bola yili”

O’qituvchi: Shiorimiz.

O’quvchilar: A’lo o’qish burchimiz.

O’qituvchi: Maqsadimiz-chi?

O’quvchilar: Mustaqil O’zbekistonga sodiq farzand bo’lmoq!

O’qituvchi: Kayfiyatingiz qanday?

O’quvchilar: A’lo.

O’qituvchi: A’lo kayfiyat hamisha hamrohingiz bo’lsin!

O’qituvchi: Bugungi darsimiz?

O’quvchilar: Matematika.

O’qituvchi: Juda yaxshi bolajonlar unday bo’lsa bugungi darsimizni savol-javob, topishmoq, hikmatli so’zlar bilan boshlaymiz.

 

 

She’r

Balli chaqqon bilimga qiziquvchi do’stlarim,

Barcha qutlov va tabrik, bo’lsin sizga do’stlarim.

Boshlang endi darsning savol-javob qismiga,

Ko’rib, tinglab bilaylik, g’oliblarning ismini.

 

Hisoblang-chi:

Kelishdi izlab buloq,

Bir echki-yu, bir iloq.

Ularda bor necha quloq,

Qancha oyoq?

Javob: 4 ta quloq, 8 ta  oyoq.

Topishmoq:

  1. To’rtta o’g’lonning bo’lakdir o’rni,

O’xshamas kiygan eniga to’ni                           Javob: 4 fasl

  1. Oz quysan sol deb aytadi,

Ko’p bo’lsa ol deb aytadi.                     (Tarozi)

  1. Nozik tili childirar,

Vaqt o’tganin bildirar.                          (sekund, minut)

Hikmatli so’zlarni bilasizmi?

O’quvchilar:  Sanamay sakkiz dema.

Yetti o’lchab bir kes.

  1. Uy ishini tekshirib (Aylanma daftarlar aylantirildi)
  2. Savatchaga gul orqali o’quvchilar guruhlarga bo’linib olinadi. Savatchada lola va atirgullar bo’ladi. O’quvchilar gullarni olish orqali “Lola” , “Atirgul” guruhlarga bo’linadilar.

Guruh sardorlari tayinlanadi.  Guruhlarga bahor fasli bo’lganligi uchun, bahor fasllari haqida raqamlar ishtirokida ma’lumot beradilar.

 

 

3- oy                            Mart 31 kun

 

 

Aprel  30 kun

 

 

 

 

 

 

May 31 kun

 

 

 

 

 

 

 

 

8-mart

 

1-aprel

 

 

 

 

9-may

21-mart

 

 

 

 

 

  1. “Lola” guruhiga

57:19*70=

406*59=

  1. “Atirgul” guruhiga

X:40=6840

69*74=

 

  1. Yangi mavzu doskaga yoziladi.

Mavzu: Ikki xonali songa ko’paytirish.

 

Mavzuni tushuntirishda kompyuter texnika vositasidan foydalangan holda tushuntiriladi.

 

x840                            x5006                               x 4020

27                                    27                                   42

 

  1. V.   Darslik bilan ishlash

146 sahifa 687-masalani yechish guruhlar bilan ishlanadi.

“Lola” guruhiga Po’lat 9 ta qalam, Yo’ldosh esa xuddi shunday 5 ta qalam sotib oldi.  Hamma xarid uchun Po’lat Yo’ldoshga qaraganda 400 so’m ortiq to’ladi. Bitta qalam necha so’m turadi?

“Atirgul” guruhiga Po’lat 9 ta otkritka, Yo’ldosh esa xuddi shunday 5 ta otkritka sotib oldi.  Hamma xarid uchun Po’lat Yo’ldoshga qaraganda 400 so’m ortiq to’ladi.  Po’lat va Yo’ldosh har bir xarid uchun necha so’mdan to’lashgan?

Masala yechishda  har ikkala guruhlar masala bo’yicha qisqa shart asosida yechilishi tekshiriladi va baholanib rag’batlantiriladi.

146 sahifa 688-masalani yechish guruhlar bilan ishlanadi.

1-masala sinf jamoasi va o’qituvchi bilan kompyuter texnika vositasidan foydalangan holda yechiladi.

 

To’g’ri to’rtburchakning bo’yi To’g’ri to’rtburchakning eni To’g’ri to’rtburchakning yuzi
16 dm

9 m

?

?

8 m

5 sm

64 dm2

?

75 sm2

 

1-masalani yechish

16 dm

Yechish: 64 dm2:16 dm=4dm

 

?                  64 dm2

 

 

Masala yechishda  har ikkala guruhlar masala bo’yicha  tekshiriladi va baholanib rag’batlantiriladi.

146 sahifa 690-misol sinf jamoasi va o’qituvchi bilan kompyuter texnika vositasidan foydalangan holda yechiladi.

 

  1. 4280*57=243960 2.      8040*36=?             3.     19750:50*92=?

Misol yechishda  har ikkala guruhlar tekshiriladi va baholanib rag’batlantiriladi.

 

146 sahifa 691-masalani yechish guruhlar tamonidan “Tez bajar” mashqi orqali baholanadi.

I -42 oquvchi

 

II-8 ta kam

 

III-4 ta ko’p                          III guruhda nechta o’quvchi bor?

 

Masalani o’qituvchi tekshiradi va baholanib rag’batlantiriladi.

150:50                   35210:70

 

 

22200:300                          34400:400

 

320:80                                                         810:90

8130*60                                                                                    4800*30

 

 

Misol yechishda  har ikkala guruhlar tekshiriladi va baholanib rag’batlantiriladi.

Uy ishi 147-sahifa 692-693 masala va misollar

YANGILIKLAR

Xush kelibsiz bizning saytimizga